Kompaniya haqida

2005-yildan beri
sport bilan

PowerGYM — sport jihozlari va inventari bo'yicha ishonchli hamkor. Maqsadimiz oddiy: sport va sog'lom turmush tarzini har bir inson uchun qulay va yaqin qilish.

Bizning yondashuv

Mijoz manfaati —
har doim birinchi

Biz faqat sinalgan ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaymiz va har bir mijozga o'z vazifasiga mos jihozni tanlashda yordam beramiz.

  • Mutaxassislar maqsadingizga mos jihozni tanlab beradi
  • Buyurtma va to'lov jarayonini batafsil tushuntiramiz
  • Qo'ng'iroq markazi va onlayn chat orqali tezkor yordam
  • Xarid tarixingizni hisobga olib, shaxsiy tavsiyalar beramiz
PowerGYM jamoasi
Qadriyatlar

Bizni nima harakatga keltiradi

Sifat

Zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan, sinalgan ishlab chiqaruvchilar mahsuloti.

Mijozga g'amxo'rlik

Uzoq muddatli munosabat — sizni taniydigan va to'g'ri tanlov qilishga yordam beradigan joy bo'lish.

Kompleks xizmat

Tanlash, yetkazish, qavatga ko'tarish, o'rnatish va servis — bir joyda, bir mas'uliyat bilan.

Kuchli jamoa

Sotuv, sklad, logistika, servis va marketing — har bir bo'lim o'z ishining ustasi.

Raqamli tizimlar

Sotuvdan skladgacha hamma jarayon o'zimizning ilovalarimizda — tez, aniq va shaffof.

Rivojlanish

Har yili assortiment, xizmat sifati va jamoamiz o'sib boradi.

Sklad va logistika
Yo'limiz

Tarix

2005

Bozorga kirdik

Sport jihozlari savdosini boshladik — sifatli mahsulot va halol xizmat bilan.

2019

«POWERGYM» MChJ

Kompaniya yangi yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tdi va kengaya boshladi.

Bugun

Ulgurji va chakana

Shourum, onlayn do'kon, qo'ng'iroq markazi, o'z skladi, yetkazish, o'rnatish va servis.

Hamkorlik

Zal jihozlayapsizmi?

Sport zali, fitnes klub yoki do'kon uchun ulgurji taklif olish uchun biz bilan bog'laning.